Andijon shahridagi 35-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi

Saliyeva Raximaxon Tashpulatovnaning

2013-2014 o’quv yilida olib borgan ishlari bo’yicha

YILLIK  HISOBOTI

           Men  2013-2014 o’quv yilida 5-7, 1-3-sinflarga tasviriy san’at fanidan, 8-9-sinflarga chizmachilik fanidan haftasiga 24 soatdan   dars soatlarini namunali tarzda o’quv reja asosida o’z vaqtida o’tdim. Pedyuklamamni namunali tarzda bajardim. Bo’sh ozlashtiruvchi va iqtidorli o’quvchilar bilan ishladim, bilim sifati 85% -100% ko’rsatkichga ega bo’ldi. To’garak faoliyatlarini namunali tarzda olib  bordim, tasviriy san’at, chizmachilik fani bo’yicha turli xil ko’rik-tanlovlarni o’z vaqtida o’tkazdim, shahar va viloyat miqyosidagi ko’rgazmalarga o’quvchilarim bilan birga qatnashib bordim.Dars jarayonlarini kuzatib, tahlil qildim. “Tasviriy san’at, chizmachilik, mehnat va musiqa fanlari metodbirlashmasi”  rahbarligini olib bordim. Aprel oyi fan oyligi tadbirlarini namunali tarzda o’tkazdim. . 10-aprel kungi “Biz  sog’lom bolalarmiz” tadbir ko’rinishlari ATV sining Diyor yangiliklarida va Toshkent kanallarida efirga uzatildi. Maktab jamoat ishlarida faol ishtirok etdim. Shahar miqyosidagi sho’ba yig’ilishlarini olib bordim. Paxta yig’im-terimlarida faol ishtirok etdim. . 5-“B” sinfga rahbarlik qildim.1-oktabr ( Akbarova Mamlakatxon)  va 9-may kunlari (Beytullayeva Elmas opa) faxriy ustozlarning uylariga borib, tabriklab keldim. 


                2013-2014 o’quv yilida olib borgan ishlarim va yutuqlarim:

- Ta’lim menejmenti” jurnali 2013-yil 3-son(49) sonida “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fan va yo’nalishlar bo’yicha metodbirlashmalar ishini tashkil etish” tavsiyam chop etildi.

- Kasbiy fanlar jurnali 2013-yil sentabr sonida 5-sinf uchun tasviriy san’at fanidan 1 soatlik dars ishlanmam chop etildi.

-  Kasbiy fanlar jurnali 2014-yil aprel sonida 7-sinf uchun tasviriy san’at fanidan 1 soatlik dars ishlanmam chop etildi. 

- “Andijonnoma” gazetasining 26-aprel №34 sonida “Fan oyligi uyushmoqlik bilan o’tmoqda” maqolam chop etildi.

- 10.04.2014. Aprel oyi fanoyligi “Biz baxtli bolalarmiz “ mavzusida o’tkazgan tadbirimiz viloyat televideniyesining Diyor yangiliklarida va Toshkent kanallarida efirga uzatildi. Viloyat radiosida ham eshittirish berildi.

- Shaxsiy Web saytim yaratildi: WWW. oltinalam.zn.uz

-  Shahar II bosqich chizmachilik fani olimpiadasida 9“B”sinf o’quvchim Abdurasulova E’tiborxon faxrli 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi.

- “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivalining tasviriy san’at yo’nalishi bo’yicha shahar bosqichida 5 nafar o’quvchilar o’zlarining ijodiy rasmlari bilan ishtirok etdilar. 6-“B” sinf o’quvchim Olimjonova Maftuna viloyat bosqichiga yo’llanma olib, faol ishtirok etdi;

- 25.10.2013. “Jaholatga qarshi ma’rifat” badiiy va ijodiy ishlar tanlovining “Tasviriy san’at” yo’nalishida maktab bosqichida 5-9-sinf iste’dodli o’quvchilari o’rtasida tanlov o’tkazdim.7“B”sinf o’quvchim Soliyev Usmonjon maktab bosqichida go’lib bo’lib, shahar hududiy bosqichida faxrli 2-o’rinni egalladi.

-28.05.2014. Andijon viloyat o’lkashunoslik muzeyida o’tkazilgan “Bolalar nigohida vatan timsoli” yosh rassomlar musobaqasida 7-“A” sinf o’quvchim

Adhamjonov Azizbek faxrli 2-o’rinni egalladi.

- 28.10.2013. “Ustoz – o’qituvchi “ sifatida 5-“B” sinfda maqsadli ko’rgazmali dars o’tib berdim.

- 20.02. 2014. Maktabda o’tkazilgan viloyat seminarida 5-“B” sinfda tasviriy san’at fanidan 1 soatlik ochiq dars o’tkazdim.

- 15.04.2014. Aprel oyi fan oyligida 7-“B” sinfda tasviriy san’at fanidan 1 soatlik ochiq dars o’tkazdim.

- 17.05.2014. Mahorat maktabi bo’yicha AVPKQTMOI tasviriy san’at va chizmachilik kursi tinglovchilariga 5-“B” sinfda tasviriy san’at fanidan maqsadli ko’rgazmali dars o’tib berdim. 

- “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovining shahar va viloyat bosqichlarida hakamlar hay’ati tarkibida faol ishtirok etdim. 


         Men rahbarlik qilayotgan 5-“B”sinfda o’quv yili boshida 37 nafar o’quvchi bo’lib, yil yakunida 29 nafar o’quvchi qoldi. O’quvchilarim bilimga chanqoq intiluvchan bolalar. O’quv yili boshida bilim sifati ko’rsatkichi 89% bo’lgan bo’lsa, o’quv yili oxirida 95% ko’rsatkichga ega bo’ldilar. Darslardan keyin turli xil to’garaklarga muntazam ravishda qatnashib bordilar. Bilimlar bellashuvining matematika fani bo’yicha maktabda 1-3-o’rinlarni mening o’quvchilarim Egamberdiyev I, Xodjayev B, Fazliddinov S. lar egalladilar. 1- o’rin sohibi Egamberdiyev Ibrohimjon bilimlar bellashuvining shahar bosqichida yuqori ball bilan faol ishtirok etdi.  Bilimlar bellashuvi maktab bosqichi ona tili fanidan 5-“B” sinf o’quvchim Rahimjonova M. 3-o’rin egalladi. O’quv yili davomida o’tkazilgan bayram kunlariga, tadbirlarga  namunali tarzda devoriy gazetalar tayyorlab bordilar. Ko’rik-tanlovlarga qatnashdilar. Mehnat fanidan o’tkazilgan “Balli qizlar” ko’rik-tanlovida o’quvchim G’aniyeva Muslima 3- o’rinni egalladi. 

                O’quv yili davomida bayram kunlariga ochiq tarbiyaviy soat darslarini namunali tarzda  o’tkazdim:

1) 2.09.2013. Mustaqillik darsi. “ Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil, O’zbekiston!”

2) 28.09.2013. 1-oktabr- O’qituvchi va murabbiylar kuni. “Ustozga ehtirom”

3) 14.01.2014. 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni.“ “Ona yurtim – oltin beshigim”.

4)  6.03.2014. 8-Mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni “Har doim bo’lsin onam”

2014 iyun



  1. 2013-2014 O`QUV YILLI HISOBOT
  2. 06.06.2018 23:45