Andijon viloyati Andijon shahridagi 35- son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabining
tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi
Saliyeva Rahimaxon Tashpulatovnaning
2017-2018 o’quv yilida qilingan ishlar
H I S O B O T I
2017-2018 o’quv yilida 1-7-sinflarga tasviriy san’at fanidan 8-9-sinflarga chizmachilik fanidan dars o’tdim. Dars jarayonida ilg’or pedtexnologiyaning interfaol usullaridan foydalandim. Iqtidorli o’quvchilar bilan va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan yakkama-yakka shug’ullandim. O’quvchilarning o’zlashtirishi 100% bo’lib, samaradorligi 89% bo’ldi.
“Ustoz-o’qituvchi” sifatida metodbirlashma a’zolariga, yosh mutaxassislarga metodik yordam berib bordim.
www.oltinalam.zn.uz va www.chizma.35dim.uz veb saytlarini yaratganman. Bu saytlarimda fanim bo’yicha metodik ishlarim, o’zimning va o’quvchilarimning yutuqlari joy olgan.
“Viloyat mahorat maktabi” tasviriy san’at va chizmachilik fani trener o’qituvchisi faoliyatini olib bordim.
2017-2018 o’quv yilining avgust oyidan boshlab, AVXTB tomonidan tasviriy san’at va chizmachilik fanidan metodist o’qituvchi etib tayinlandim. 2017-yil 13 sentabr kuni viloyat bo’yicha o’quv mashg’ulot o’tkazdim.
Har oyda Andijon shahar tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilari bilan metodist o’qituvchi sifatida o’quv mashg’ulotlar va ochiq darslar olib bordim.
2017-yil 20-sentabr kuni maktabda, 2018-yil 1-mart kuni va 2018-yil 26-aprel kunlari shahar miqyosida ochiq darslar o’tkazdim.
Toshkent shahar A. Avloniy nomidagi XTXQTUMO institutida tashkil etilgan “Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini amaliyotga joriy etish” bo'yicha maqsadli 2 kunlik o’quv kursida(31.05-1.06.2017) o’qib keldim va viloyat miqyosidagi hamda Andijon shahridagi tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilariga trenerlik qildim.
2017-yil 4-5-iyul kunlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Amaliy fanlar FORUMI” da qatnashib keldim. FORUM da o’rganilgan va tahlil qilingan materiallar bo’yicha viloyat miqyosidagi hamda Andijon shahridagi tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilariga tavsiyalar berib bordim .
“Амалий фанларни ўқитиш ва ўқув-тарбия жараёнининг сифат ва самарадорлиги: муаммолар ва ечимлар” мавзусидаги республика амалий фанлар ўқитувчилари форуми материаллари тўпламида “Тасвирий санъат ва чизмачилик фанининг долзарб масалалари” мавзусида мақолам чоп этилди.
Fan olimpiadasi
24.03.2018. 9-“G” sinf o’quvchisi Kimsanboyev Abdulhamid Viloyat III bosqich chizmachilik fani olimpiadasida faxrli 5-o’rinni egalladi.
O’quvchilarim shahar, viloyat, respublika ko’rik-tanlovlarida g’olib bo’ldilar:
- 6.12.2017. 35-DIM 9-“A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina 9 - 10 – sinflar o`rtasida shahar, viloyat bosqichi “Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori” tasviriy san’at yo’nalishi ko’rik-tanlovida faxrli 1-o’rinlarni egallab, Respublika bosqichida “Idrokli mo’yqalam sohibi” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.
- 12.12.2017. 35-DIM 9-“A” sinf o’quvchisi Hamroqulova Mubina 9- 10 – sinflar o`rtasida VILOYAT bosqichi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovida faxrli 1-o’rinni egallab, RESPUBLIKA bosqichiga yo’llanma oldi Hamraqulova M. ning respublika bosqichiga jo’natilgan rasmi O’zbekiston-24 kanalida namoyish qilindi.
-2017-yil dekabr. 8-“A” sinf o’quvchisi Nabiyev Hasanboy Viloyat miqyosida “Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni” mavzusida o’tkazilgan plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovida faol ishtirok etdi.
- Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan o'tkazilgan "Yuksak ma'naviyatli avlod" festivalining shahar hududiy bosqichida (2.05.2018)
“O'z asarida milliylikni aks ettirgan rassom” yo’nalishi bo’yicha - 8-“A”sinf o’quvchisi Nabiyev Hasanboy,
“O'z asarida milliylikni aks ettirgan dizayner” yo’nalishi bo’yicha 7-“Ye” sinf o’quvchisi Xadjayeva Begoyimlar g'olib bo'lishib,
viloyat bosqichida (26.05.2018) faol ishtirok etdilar.
- 3.05.2018. "Odam savdosi - davr muammosi" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Bizning 35-DIM jamoamiz ko'rgazma tashkil qilish bo'yicha faxrli 2-o'rinni egallab, faxriy yorliq va estalik sovg'a bilan taqdirlandi.
- 29.05.2018. Andijon shahridagi “Bolalar bog’i”da “Baxtli bolalik” mavzusida asfaltga rasm solish ko’rik-tanlovi Andijon viloyati Adliya boshqarmasi va Andijon shahar xalq ta’limi bo’limi hamkorligida o’tkazildi. Bu ko’rik-tanlovda 35-DIM 7-“D” sinf o’quvchisi Adhamova Marjona faxrli 1-o’rinni egalladi.
- Andijon viloyati “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “1- iyun –Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o’tkazilgan “Baxtli bolalik” loyihasida tasviriy san’at yo’nalishida 35-DIM 6-“A” sinf o’quvchisi Mutalipova Begoyim faol ishtirok etganligi uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.
13.06.2018. Shahar umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "OITS va giyohvandlikka qarshi birlashaylik" mavzusida plakatga rasm chizish ko'rik-tanlovida 35-DIM 5-"D" sinf o'quvchisi Nizomova Zaynabxon faxrli 1-o'rinni egallab, viloyat bosqichida (19.06.2018) faol ishtirok etdi .
26.06.2018. 35-DIM 5-"D" sinf o'quvchisi Nizomova Zaynabxon “26-iyun – Xalqaro iyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan viloyat miqyosida “O’zbekiston yoshlari giyohvandlikka qarshi” shiori ostida o’tkazilgan tanlovning tasviriy san’at yo’nalishi bo’yicha faol ishtirok etganligi uchun faxriy yorliq va esdalik sovg’a bilan taqdirlandi.
“YOSH RASSOMLAR” to’garagini haftada 2 marta olib bordim.
Maktabda o’quvchilar o’rtasida har bir bayram kunlariga, dolzarb mavzular bo’yicha plakatga rasm chizish, devoriy gazetalar tayyorlash ko’rik-tanlovlarini o’tkazdim va har dushanba kungi “ERTALABKI SAFLANISH”da g’olib o’quvchilar taqdirlandilar:
-21.09.2017. 5-10- sinflar o’rtasida “1-oktabr – o’qituvchi va murabbiylar kuni”” munosabati bilan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovini;
-11.10.2017. 5-10-sinflar o`rtasida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovini;
-18.10.2017. 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida “Коnstitutsiya-baxtimiz poydevori ” мавзусида plakatga rasm ishlash tanlovini;
22.11.2017. 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida “1-dekabr –Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni” mavzusida plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovini;
-9.12.2017. 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovini;
-20.12.2017. 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida “Yangi yil bayrami” munosabati bilan devoriy gazetalar tayyorlash ko’rik-tanlovini;
- 11-12.01. 2018. 5-7-sinflar o`rtasida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan plakatga rasm ishlash ko’rik-tanlovini;
- 17.01.2018. 5-9-sinflar o’rtasida 1-Prezidentimiz I.A.Karimovning tavallud topgan kunining 80 yilligi munosabati bilan “Buyuk kelajak me’mori” mavzusida devoriy gazeta, portret, plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovini;
- 2018-yil fevral oyi “Biz giyohvandlikka qarshi kurashamiz” shiori ostida ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Shu munosabat bilan maktabimizning 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida “Biz giyohvandlikka qarshi kurashamiz” mavzusida plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovini;
- 4.03.2018. “8-Mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabat bilan maktabimizning 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida plakatga rasm chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovini;
- 12.03.2018. “Navro’z” bayrami munosabat bilan maktabimizning 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida plakatga rasm chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovini;
- 5.04.2018. “Sohibqiron Amir Temur” portretini chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovini;
- 12.04.2018. O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf portretini chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovlarini o’tkazdim.
Sinf rahbarlik faoliyatim
2017-2018 o’quv yilida 9-“B” sinf o’quvchilariga rahbarlik qiidim. Sinfimda o’quv yili boshida jami 30 nafar o’quvchi bo’lib, o’quv yili yakunida 27 nafar o’quvchilarim qoldi. Shundan 9 nafari qizlar. O’quvchilarim o’zlashtirishi 100% bo’lib, bilim samaradorligi 93% bo’ldi. Har juma kunlari ma’naviyat soatlarini o’tdim.
1-Prezidentimiz I.Karimov xotirasiga bag’ishlab “Xotira darsi” va “Mustaqillik darsi”ni namunali o’tkazdim.
Har bir bayram, tadbir va shanbaliklarda o’quvchilarim namunali tarzda faoliyat ko’rsatdilar. Sinf majlislarini va dolzarb mavzular bo’yicha suhbatlarni o’z vaqtida o’tkazdim.
Bеlgilangan uchastkamizdagi tozalov ishlari, shanbaliklar namunali olib borildi.
Fan olimpiadasida:
Maktab bosqichi fan olimpiadasida o’quvchilarim Egamberdiyev Ibrohimjon fizika fanidan, Аbdumannonova Hadicha geografiya fanidan, Тo’raxonova Oyshabonu biologiya fanidan, Xodjayev Bahodir rus tili fanidan, Ahmadjonova Sitorabonu tarix fanidan g’olib bo’lishib, shahar bosqichiga yo’llanma oldilar.
Shahar bosqichi fan olimpiadasida Egamberdiyev Ibrohimjon fizika fanidan faxrli 1-o’rinni, To’raxonova Oyshabonu biologiya fanidan faxrli 3-o’rnni egalladilar.
Har bir bayram kunlariga, tarixiy shaxslar tavallud topgan kunlariga va dolzarb mavzular bo’yicha maktabda o’tkazilgan plakatga rasm chizish, devoriy gazetalar tayyorlash ko’rik-tanlovlarida, sport musobaqalarida faol ishtirok etdilar, faxriy yorliq va maqtov yorliqlar bilan taqdirlandilar:
-2017-yil dekabr. II viloyat sport festivalida “Qilichbozlik” sport turi bo’yicha 9-:B” sinf o’quvchim Sultonov Akmaljon faxrli 1 –o’rinni egalladi.
-2017-yil dekabr. II viloyat sport festivalida “Qilichbozlik” sport turi bo’yicha 9-:B” sinf o’quvchim Yuldashev Muhammad Yusuf faxrli 2 –o’rinni egalladi.
-21.02.2018. 9-sinflar o’rtasida matemaka fanidan o’tkazilgan KVN da 9-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 2-o’rinni egalladilar.
- 2018-yil mart oyi. “Navro’z” bayrami munosabati bilan maktabda o’tkazilgan futbol musobaqasida 9-“B” sinf o’quvchilarim “Maktab futbol o’yini chempionlari” bo’ldilar.
-21.09.2017. 5-10- sinflar o’rtasida “1-oktabr – o’qituvchi va murabbiylar kuni”” munosabati bilan o’tkazilgan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovida 9-sinflar o’rtasida 9-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 1-o’rinni egalladilar.
-11.10.2017. 5-10-sinflar o`rtasida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida plakatga rasm chizish tanlovida 9-“B” sinf o’quvchim G’aniyeva Muslima 3-o’rinni egalladi.
-18.10.2017. 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida “Коnstitutsiya-baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan plakatga rasm ishlash tanlovida 9-“B”sinf o’quvchim Abdullayeva Nazokat faxrli 3-o’rinni egalladi.
-20.12.2017. 5-10- sinflar o’rtasida “Yangi yil bayrami” munosabati bilan o’tkazilgan devoriy gazetalar tayyorlash tanlovida 9-sinflar o’rtasida 9-“B” sinf o’quvchilarim faxrli 1- o’rinni egalladilar.
- 2018-yil fevral oyi. 5-10-sinf o’quvchilari o’rtasida “Biz giyohvandlikka qarshi kurashamiz” mavzusida plakatga rasm chizish ko’rik-tanlovida 9-sinflar o’rtasida 9-“B” sinf o’quvchim To’raxonova Oyshabonu faxrli 3-o’rinni egalladi.
- 5.04.2018. “Sohibqiron Amir Temur” portretini chizish va devoriy gazeta tayyorlash ko’rik-tanlovida 9-“B”sinf o’quvchim Abdullayeva Nazokat faxrli 3-o’rinni egalladi.
2018-yil iyun