Tasviryiy san'at. 6-sinf uchun testlar. 1-2-yarim yillik

  1. 26.08.2018 22:59
  2. 6220
  3. Testlar


Tasviryiy san'at. 6-sinf uchun test. 1-yarim yillik

1. «Gotika» uslubi yozilgan qatorni toping;

A)  Metall, yog’och, linoleum, tosh kabi materiallarda kesib ishlanadigan rasm

B)  Yevropada XII-XV asrlarda taraqqiy etgan o’tkir qubbalik qilib ishlangan va o’ziga xos haykalchalar bilan bezatilgan binolar ko’rinishi

S) Binoning serhasham qilib bezatilgan old qismi ko’rinishi 

D) XX asrning birinchi choragida vujudga kelgan uslub

2. Ilk gotika uslubidagi bino qayerda qurilgan va qanday nomlangan?

A)  Fransiyada, “Reyms sobori”       B) Samarqandda, “Go’ri Amir” maqbarasi    

S) Parijda, “Bibi Maryam sobori”       D) Samarqandda, “Shohizinda”

3. Yapon rassomchiligi maktabi “Yamato-ye”ning shakllanishi hechanchi asrlarga to’g’ri keladi? 

A)  X asrlarga      B) IX asrlarga     S) XI asrlarga      D) XI asrlarga 

4. Movarounnahr mo’jaz san'atining dastlabki namunalari kimning  qaysi asarida aks etgan?

A)  Mahmud Muzahhibning «Alisher Navoiy» portretida

B)  Jomiyning «Oltin zanjir» asarida

S) Rashididdinning «Tarix tolplami» asarida

D) Navoiyning “Xamsa” asarida

5. 6-sinf o’quvchisining gavdasini chizish kerak bo’lsa, bosh o’lchamini necha barobar o’lchab olish kerak?

 A) 6 barobar        B)7 barobar       S) 4 barobar       D) 10 barobar

6. Katta odam gavdasini chizish kerak bo’lsa, bosh o’lchamini necha barobar o’lchab olish kerak?

A) 4 barobar         B) 7 barobar       S) 6 barobar        D) 8 barobar  

7. Tasviriy san’atda kompozitsiyaning 3 turi qo’llaniladi… 

A) Rangtasvir kompozitsiyasi, haykaltaroshlik kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya 

B) Rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya, real  kompozitsiya

S) Hajmli kompozitsiyasi, haykaltaroshlik kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya 

D) Rangtasvir kompozitsiyasi, haykaltaroshlik kompozitsiyasi, perspektiva

8. Tasviriy san’atda kompozitsiyaning ikki yo’nalishi mavjud…

A) Rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya, 

B) Hajmli kompozitsiyasi, haykaltaroshlik kompozitsiyasi

S) Rangtasvir kompozitsiyasi, haykaltaroshlik kompozitsiyasi 

D) Frontal kompozitsiya,  hajmli  kompozitsiya

9. Hamma tomonidan ko’rinadigan haykal turi.

A)  Barelyef    B)  Dumaloq       S) Gorelyef   D) Haykal

10. “Baxtiyor  ona” mahobatli haykali qaysi haykaltarosh tomonidan yaratilgan?

A)  Ilhom Jabborov   B)  R.Mirtojiyev          S) A.Boymatov     D) J.Umarbekov

11. “Zulfiya” mahobatli haykali qaysi haykaltarosh tomonidan yaratilgan?

A)  B.Jalolov   B)  R.Mirtojiyev          S) A.Boymatov     D) I.Jabborov

12. Butun zamonlar va xalqlar haykaltaroshi deb kim e'tirof etilgan?

A) Titsian        B) Rafael         S) Leonardo da Vinchi   D) Mikelandjelo   

13. Biron-bir tarixiy voqeani aks ettiruvchi mahobatli haykal turi.

A) Mozaika      B) Monument         S) Vitraj        D) Barelyef

14. Grafika san'atida «Plakat»ni qanday tushunasiz?

A)  Mahobatli, keng ko’lamli, katta o’lchamli, tasviriy, bezak ishlari

B)  Qushlar, turli-tuman mevalar, sabzavotlar, predmetlar, gullar to’p holda tasvirlanadi

S) Targ’ibot-tashviqot, reklama vazifalari uchun xizmat qiladigan, tezkorlik bilan ishlanadigan grafika san'atining bir tarmog’i 

D) Teatr sahnasida spektakl mazmuni bilan bog’liq holda tasvirlanadigan bezak 

15. Qaysi javobda haykaltarosh rassomlar to’g’ri ko’rsatilgan?

A)  N.Rerix, Van Gog, J.Umarbekov

B)  A.Boymatov, R. Mirtojiyev, I. Jabborov  

S) O’.Tansiqboyev, N.Qoraxon, R. Choriyev

D)  P.Benkov, Z.Inog’omov, O’.Tansiqboyev   

16. Andijondagi Cho’lpon haykalining muallifi kim?

A)  R.Mirtojiyev          B) B.Jalolov   S)  I.Jabborov           S) J.Quttimurodov 

17. Qadimgi qo’lyozma yoki toshbosma kitoblarga ishlangan mo’jaz surat

A)  Mozaika            B)  Kartina               S) Miniatyura       D) Plakat

18. Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod qachon, qayerda tavallud topgan?

A)  1506-yilda Eronda      B) 1455-yilda Hirotda     S) 1409-yilda Samarqandda    D) 1450-yilda Hirotda     

19. Kamoliddin Behzod qachon, qayerda vafot etgan?

A)   1535-yilda Eronda       B)  1532-yilda Hirotda      S) 1530-yilda Samarqandda  D)  1537-yilda Hirotda      

20. Muzahhib so’zining ma’nosi qanday ma’noga ega?

A) Oltin suvi yugurtiruvchi   B) Betakror rassom    S) Serqirra rassom  D) Manzarachi rassom  

21. Perspektiva so’zining ma'nosi ____________________degani

 22. Natyurmort XVII asrning boshlarida _______________________paydo bo’ldi.

23. “San’at atributlari” mavzusidagi natyurmort asarini fransiyalik rassom _________________yaratgan.

24. Mavzuli suratlardagi asarlarning mazmunini ochib berishda tasvirlangan natyurmort ______________ natyurmort deyiladi. 

25. Kompozitsiya - ___________________________so’z.

26. Maishiy janrda natyumortning ishtiroki «Choyga», «Choyxonachi» asarlarini rassom _______________________yaratgan.

27. Natyurmort ___________________so’z

28. Gotika_____________________________degan ma’noni bildiradi.

29. Shayboniyxon portretini rassom____________________yaratgan.

30. Hassaga tayanib turgan Alisher Navoiy portretini rassom_____________________________

yaratgan. 


Tasviryiy san'at. 6-sinf uchun test. 1-yarim yillik

Test savollari javoblari

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20

Javob B S A S A D A D B A B D B S B A S B D A

21. Qisqarish

22. Gollandiyada

23. Sharden

24. To’ldiruvchi natyurmort

25. Lotincha so’z

26. Zokir Inog’omov

27. Fransuzcha so’z

28. Italyancha “gotlarniki”

29. Kamoliddin Behzod

30. Mahmud Muzahhib














                                    Tasviryiy san'at.  6-sinf uchun test. 2-yarim yillik.

1. Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari qaysi san'at turiga kiradi?

A)  Grafikaga        B)  Rangtasvirga       S) Haykaltaroshlikka  D) Me’morlik san’atiga

2. Rangtasvir turlarini toping.

A)  Dastgoh rangtasvir, dekorativ rangtasvir, haykaltaroshlik

B)  Grafika, haykaltaroshlik, monumental rangtasvir

S) Monumental rangtasvir, dastgohli rangtasvir, dekorativ rangtasvir, miniatyura rangtasviri

D) Haykaltaroshlik, miniatyura rangtasviri, grafika

3. Dastgoh asarlari turlarini toping.

A)  Dastgoh rangtasvir, dekorativ rangtasvir, haykaltaroshlik

B)  Grafika, haykaltaroshlik, monumental rangtasvir

S) Monumental rangtasvir, dastgohli rangtasvir, dekorativ rangtasvir, miniatyura rangtasviri

D) Dastgoh grafikasi, dastgoh haykaltaroshligi, dastgoh rangtasviri

4. O’zbekistonda rangtasvirning dastgohli turi qachondan shakllangan?

A) XIX asr ikkinchi yarmidan  B) XX asrdan    

5. Memorlik bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bu qanday rangtasvir?

A)  Monumental      B)  Dastgoh       S) Dekorativ   D) Miniatyura

6. Me'morlik va amaliy san'at san'at bilan bog’liq bolib, asosan bezash vazifasini o’taydigan rangtasvir turini toping.

A)  Monumental      B)  Dekorativ        S) Dastgohli      D) Haykaltaroshlik

7. Maxsus ramkaga tortilgan matolar molbert deb ataladigan alohida dastgohga qo’yilib rasmlar ishlansa, rangtasvirning qanday turi deyiladi?

A)  Monumental     B)  Dekorativ      S) Dastgohli     D) Miniatyura

8. Qaysi javobda manzarachi rassomlar ko’rsatilgan?

A)  I.Levitan, O’.Tansiqboyev, N.Qoraxon, I.Shishkin

B)  A.Abdullayev, J.Umarbekov, B.Jalolov, Ch.Ahmarov 

S) Yu.Yelizarov, T.Xrutskiy, I. Mashkov, Sharden

D) L. Salimjonova, A.Abdullayev, M.Nabiyev, N.Qoraxon

9. «Sikstin madonnasi» syujetli kartinasini qaysi rassom yaratgan?

A)  I.Shishkin       B) I. Repin       S) K.Bryullov  D) Rafael Santi       

10. «Emblema» so’zining ma'nosini toping.

A)  Fransuzcha, tamg’a     B)  Nemischa, tamg’a    S) Fransuzcha, shartli tasvir  D) Yunoncha, shartli tasvir

11. Rassomlarning rang qorishtirish uchun ishlatadigan buyumi

A)  Molbert      B) Etyudnik     S) Palitra    D) Qog’oz

12. «Pompeyning so’nggi kuni» syujetli kartinasini qaysi rassom yaratgan?

A)  P.Benkov   B)  K.Bryullov     S) A.Abdullayev    D) I.Shishkin

13. Yelimli bo’yoq turi. U suvda eriydi, bezak san'atida plakat, panno, yozuvlarni bajarishda ko’proq qo’llanadi. Bu qanday bo’yoq?

A)  Guash   B) Akvarel    S) Moybo’yoq    D) Sangina

14. Leonardo Da Vinchi “Mona Liza Jokonda” portretini qachon yaratdi?

A) 1500-yilda    B) 1502-yilda   S) 1503-1505-yillarda   D) 1506-yilda

15. O’rol Tansiqboyev nechanchi yillarda yashab ijod etgan?

A) 1904-1974-yillarda      B) 1904-1970-yillarda    S) 1904-1971-yillarda   D) 1900-1970-yillarda

16. Malik Nabiyev nechanchi yillarda yashab ijod etgan?

A) 1910-1970-yilarda   B) 1904-1970-yillarda    S) 1918-2008-yillarda D) 1916-2008-yillarda   

17. Malik Nabiyev tasviriy san’atdan ilk saboqni kimdan olgan?

A) I. Goryushkin     B) Bahrom Hamdamiy    S) N.Rozanov   D) N. Petrov 

18. Malik Nabiyev “Amir Temur” dastgohli rangtasvir portretini qachon yaratdi?

A) 1993-yilda    B) 1992-yilda    S) 1991-yilda     D)   1994-yilda 

19. Abdulhaq Abdullayevning ilk asari qanday nomlangan?

A) “Do’stim” portreti    B) “Ukam”      S) “Hovuz bo’yida”      D) “Buvi va nabira” 

20. Fransuzcha-jonsiz tabiat ma'nosini bildirgan tasviriy san'at janri

A)  Peyzaj      B)  Portret     S) Syujet           D) Natyurmort 

21. Jaloliddin Manguberdi portretini ______________ rassom yaratgan.

22. «Beruniy», «Bobur», «Amir Temur» portretlarini____________ rassom yaratgan.

23. Bir rangning har xil tuslari yordamida ishlanadigan tasvir______  deyiladi.

24. Chizilayotgan, tasvirlanayotgan o’quv mashq ishi uchun qo’yilgan natyurmort orqa tarafi_______________ deyiladi.

25. Syujet_________________________________________________degan ma’noni anglatadi.

26. Syujetli kartinada___________________________________________________tasvirlanadi.

27. Fransuzcha “portrait”so’zidan olingan bo’lib, inson yoki odamlar qiyofasini tasvirlash ma’nosini bildirgan atama___________________ 

28. Buyuk rassom Rafael Santi _____________________________yashagan.                

29. Mendeleyev portretini rassom _______________________________yaratgan.

30. “Jonajon o’lka” asarini rassom_______________________________yaratgan. 

                    

                                          




                                  Tasviryiy san'at.  6-sinf uchun test. 2-yarim yillik.

Test savollari javoblari

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20

Javob B S D A A B S A D D S B A S A D B A S D

21. T. Quryozov

22. Malik Nabiyev

23. Grizayl 

24. Fon

25. Fransuzcha-buyum, narsa, harakat ma’nosini anglatadi.

26. Hayotiy voqealar, lavhalar, harakatlar tasvirlanadi.

27. Portret

28. Uyg’onish davrida

29. Ilya Repin

30. O’rol Tansiqboyev